qayroqi
bilan ulashing
1. yoki Qayroqi yer (tuproq) Togʻ etaklarida tosh qatlami ustida paydo boʻlgan, soz tuproqli, dehqonchilik uchun yaroqli yer.
-
Togʻlik rayonlarda va togʻ etaklaridagi rayonlarda, qayroqi yerlarda bogʻdorchilik, uzumchilikni, polizchilikni rivojlantiramiz. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida soʻz
2. Shunday yerlarda, Oʻzbekistonda va umuman Oʻrta Osiyoda yetishtiriladigan yirik bugʻdoy navi.
-
Qayroqi bugʻdoy.
-
Mana, Elgeldi bovur, qizing suprasiga yaratib tursin, qayroqi un. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
3. koʻchma s.t. Yuqori sifatli, ishlov berilgan narsalarga nisbatan qoʻllanadi.
-
Katta tajribasi, keng bilimi xalq maqollari va matallaridan, qayroqi soʻz va iboralaridan mohirlik bilan foydalanishiga imkon bermoqda. Gazetadan
-
Anavi naqshinkor, qayroqi balkonlarni aytmaysizmi! Gulpanjaralari ipakdan toʻqilgan kabi. S. Akbariy, Sevgi bilan tirilgan yurak
-
Ikkala hamdard, Pirzodaning taʼbiricha, qayroqi qoradoridan danak miqdorida otishib, keyinidan choyxoʻrlikka tutinishdi. Sharq yulduzi
qayroqi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qayroqi ekin
QAYROQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙРОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayroqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar