qaysi
bilan ulashing
1. soʻr. olm. Bir necha kishi yoki narsadan bittasini aniqlash uchun beriladigan soʻroqni ifodalaydi.
-
Otabek gangib, shoshib soʻradi: — Qaysi qiziga unashib keldingiz? — Qutidorning yolgʻiz qiziga! — dedi Hasanali. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qaymoqni bir yalab, qaysi shaharning qaymogʻi ekanini ayta olasizmi? Men darrov aytaman. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun.
2. Kishi yoki narsa belgisi, xususiyati, sifati haqidagi soʻroqni ifodalaydi: qanday, qanaqa.
-
Ikkinchi ehtimol: Tulnorni olib qochganlar. Jinoyatchi chirkin qoʻllar bor! Ular kim? Qaysi maqsad bilan bu jinoyatni bajaradilar? Buni bilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
-
Sen qaysi yoʻldan boshlasang, shu yoʻldan yuraman.
qaysi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qaysi bir
-
Qaysi bir kuni. Qaysi bir shaharda.
-
Qaysi bir kovakda chumchuq bolalari chirqillaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshini minar ekan A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Qaysi kuni
-
Qaysi kuni Xudoyqulning yangi koʻylak-ishtonda quvonchi ichiga sigʻmay yurganini koʻrib, koʻzlarimdan yosh chiqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qaysi kuni otasi, Ikkinchi terimga tushamiz, degandek boʻlib edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
QAYSI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaysi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar