qayroq
bilan ulashing
1. Kesuvchi asboblarning tigʻini oʻtkir qilish uchun ishlatiladigan, odatda, uzunchoq va yapaloqroq silliq yoki maxsus ishlangan tosh.
-
Tosh tuz tuyiladigan oʻgʻir ichidan uzun qayroqni olib, pichoqni qayray boshladi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Kasbim — sartaroshlik. Bitta qayrogʻu bitta ustara dastmoya. Gazetadan
2. Jismi sadolanuvchi urma cholgʻu; raqqos(a)lar qoʻlda shiqirlatib oʻynaydigan bir juft choʻzinchoq (qayroqqa oʻxshash) tosh.
-
Shermat bilan Alisherning yogʻochoyoqda turib, qayroq bilan uforiga oʻynashini aytmaysizmi?! M. Qodirov, Asaka dorbozlari
-
Xorazm qayroqlari yana qaysi xalq qoʻlida shunday jaranglashi mumkin? Sharq yulduzi
3. koʻchma (3-sh. egalik shaklida — qayrogʻi) Umuman, oʻtkirlovchi, charxlovchi narsa.
-
Kitob — aql qayrogʻi. Qoʻlning kuchi birni yengsa, bilimning kuchi mingni yengadi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. aynan Qayroqi.U
-
qayroq bugʻdoy unidan yogʻli patir, somsa yopdi. I. Rahim, Chin muhabbat
QAYROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYROQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qayroq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar