rasmiyat
bilan ulashing
1. Biror ishni, vazifani bajarish uchun oʻrnatilgan tartib-qoida, ishning rasmiy tomoni; rasmiylik.
-
Butun rasmiyatlarga rioya qilmoq.
-
Agar oʻrtada rasmiyat boʻlmaganda bizlarni quchmoqchi ekani ILutfillaning] qiyofasidan sezilib turardi. Mirmuhsin, Sozanda
2. Quruq xoʻja koʻrsinga qilingan ish, xatti-harakat, yuzakilik.
-
[Hafiza] Seviklisidan ikki xat oldi; uning nazarida, bu xatlar rasmiyat uchun yozilganday tuyuldi. Mirmuhsin, Umid
-
Gureyevning savollariga rasmiyat uchungina javob berdi-yu, oʻziga koʻrsatilgan kresloga oʻtirdi. S. Karomatov, Oltin qum
RASMIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАСМИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rasmiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar