raso
bilan ulashing
1. Kami yoʻq, toʻliq, but.
-
Raso pachkalar. Pul raso chiqdi.
-
[Alisherning] Ketganiga bugun raso bir oy boʻldi. Nega buncha hayalladi ekan ?Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. Aqliy jihatdan toʻla rivojlangan, kamolotga erishgan; yetuk, barkamol.
-
Xotin boʻlsa qobil-u aqli raso, Erin shoh etar, garchi boʻlsa gado. Aql aqldan quvvat oladi
-
Usmonali aka yer ilmini hammadan koʻra yaxshi biladigan aqli raso odamga oʻxshaydi. S. Ahmad, Choʻl shamollari
3. Butunlay, tamoman.
raso soʻzi qatnashgan jumlalar:
Raso qilmoq
-
Pachkani raso qilmoq;
-
Aftidan, bularni mashq qildirishga, mashqini tezroq raso qilib, frontga joʻnatishga hech kim shoshilmas va lozim ham koʻrmas edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Qaddi raso
-
Eshon aya qaddi raso, koʻzidan surma, yuzidan upa-elik arimagan koʻhlik bir xotin edi. S. Ahmad, Saylanma
RASO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАСО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raso so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar