mumtoz
bilan ulashing
1. kitobiy Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, afzalliklarga ega boʻlgan; yetuk, sara.
-
Vaʼdaga vafoli, axloqda mumtoz, Doʻstparvar, oʻz soʻzli, yoriga sodiq. Gʻ. Gʻulom
-
Mahalladagilar ham, maktabdagilar ham Komiljonni odobda mumtoz, deyishadi. Mushtum
-
Bu sizning kuyingiz, ustoz Navoiy, Gʻazal olamida mumtoz Navoiy. A. Isroilov
2. Muayyan millat va jahon fani, sanʼati, adabiyotida muhim oʻrin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik.
-
Mumtoz musiqa. Mumtoz adabiyot.
-
Shu tarzda Navoiy oʻzbek mumtoz adabiyotida munshaot deb ataladigan yangi bir janrni ham boshlab berdi. P. Qodirov, Til va el
-
[M. Mamatova] Ayniqsa, mumtoz qoʻshiqlarni ijro etishni jon dilidan yaxshi koʻrardi. Gazetadan
3. Mumtoz (erkaklar ismi).
MUMTOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУМТОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mumtoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar