rasmiy
bilan ulashing
1. Hukumat, davlat yoki biror tashkilotga oid, shular tomonidan belgilangan.
-
Rasmiy vakil.
-
Oʻrdaga ariza bilan murojaat qiladigan har kim, hatto rasmiy kishilar ham avval maslahat soʻrash uchun Anvarning yoniga kelar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Ukraina rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida, asosan, iqtisodiy masalalar muhokama etildi. Gazetadan
-
U hech kimga, ayniqsa, rasmiy kishilarga oilaning ikir-chikirlaridan gapirmasdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
2. Hukumat, davlat organlari yoki biror tashkilot tomonidan eʼlon qilingan, chiqarilgan, tarqatilgan.
-
Rasmiy maʼlumot. Rasmiy axborot.
-
Bunga tashkilotlar va shaxslar oʻrtasidagi rasmiy ishga taalluqli boʻlgan xatlar, yozishmalar kiradi. OʻTA
-
Ular asosan rasmiy xabarlarni eʼlon qilish bilan cheklanadilar. Gazetadan
-
V. V. Reshetov 50 dan ortiq doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalariga rasmiy opponent boʻldi. OʻTA
3. Qonuniy ravishda tasdiqlangan, rasmiylashtirilgan.
-
Rasmiy hujjatlar. Rasmiy tashkilot.
-
Mamlakatimiz mustaqilligining rasmiy darajasini xalqaro maydonda yanada yaqqolroq koʻrsatish uchun shunday tashriflar boʻlishi lozim. Gazetadan
-
Har ehtimolga qarshi rasmiy qogʻoz olib kelgandim. Sharq yulduzi
4. Hamma qoidalarga, rasmiyat talablariga rioya qilib bajarilgan, oʻtkazilgan.
-
Rasmiy taklif. Rasmiy majlis,
-
U [professor Jamolov] prezidiumga chiqib oʻtirishi bilan, rasmiy qism oʻz-oʻzidan yurishib ketdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Hali rasmiy soʻz olganimcha yoʻq. Sharq yulduzi
-
Jumladan., rasmiy tashrif vaqtida Yevropa qayta tiklanish banki bilan bitim imzolandi. Gazetadan
5. koʻchma Quruq rasmiyat yuzasidan bajarilgan, quruq rasmiyatdan iborat boʻlgan.
-
— Afv etasiz, — dedi Toʻgʻaysari rasmiyroq ohangda. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
Sovchilar shunchaki rasmiy narsa. Sharq yulduzi
-
Umuman, jamoat oldida gapirishni sezmaydigan odam: oʻzining imomlik vazifasiga ham juda rasmiy ravishda qaraydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
6. koʻchma Quruq, sovuq.
-
Zamira ogʻzaki quruqqina soʻrashdi, Ochil ham rasmiy salom berdi. P. Qodirov, Uch ildiz
7. Davlat yoʻli bilan olib boriladigan muomala, yozishma va hujjat tiliga xos boʻlgan; maktubiy.
-
Rasmiy uslub.
-
Maʼlum boʻlishicha, bu odam ham mazkur tilni rasmiy, qayerdadir tasdiqlangan til deb bilar, bu tilda soʻzlanadigan oʻlik nutqqa jon kirgizgani qilinadigan har xil harakatni quyushqondan tashqari chiqish deb hisoblar ekan. A. Qahhor, Quyushqon
-
Respublikamizda oʻzbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubini oʻrganish boʻyicha ilk qadam qoʻyilgan. Ish yuritish
8. Odatdagi, oddiy, rasmona.
-
Rasmiy uy.
-
Mana, koʻrmaysanmi, rasmiy odamdan buning nima farqi bor? Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit
RASMIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАСМИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rasmiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar