raqs
bilan ulashing
1. Raqqos(a)ning garmonik harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi, yuz imo-ishoralari va boshqalar orqali obraz yaratishdan iborat sanʼat turi.
-
Oʻzbek milliy raqslari. Raqs tarixi.
2. Turli maqomlar bilan bajariladigan ritmik harakat; oyoq oʻyin va shunday oʻyin uchun yozilgan musiqa.
-
Raqs musiqasi. Raqs(ga) tushmoq. Raqs qilmoq.
-
Qobil ham qizishib, bilar-bilmas, fargʻonachasiga raqsga tusha boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Shiyponda yengil kuy yangramoqda, xushqad, xushsurat bir juvon raqs tushmoqda. O. Yoqubov, Diyonat
-
Bir-biridan shoʻx, bir-biridan oʻynoqi ohanglarga yosh-yalanglar raqs tushishyapti. Gazetadan
3. Oʻyin, tansa kechasi, bazm.
-
Raqslar boshlanur, gul oʻyin, chapak, Hunarin koʻrsatar qiz, juvon, xonim. Gʻ. Gʻulom
RAQS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҚС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raqs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar