raqobat
bilan ulashing
1. Basma-baslikka bellashuv; kim oʻzdi.
-
Barchamiz mana shunday keskin raqobat sharoitida gʻalabaga erishish, munosib oʻrin egallash naqadar ogʻir va mashaqqatli kechganining guvohi boʻldik. Gazetadan
-
Nega deganda, raqobat boʻlmagan, boqimondalik, davlat hisobidan kun koʻrish kayfiyati ustun boʻlgan joyda bunday ilgʻor tartib va yondashuv mutlaqo boʻlmasligi tabiiydir. Gazetadan
2. Talabgorlar, raqiblar kurashi.
-
Kundoshlar raqobati.
-
Kumushning raqobat oʻti bir oz oʻcha tushgan edi, uch-toʻrt kunlik mojarodan yaxshigina hasrat ochildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. iqt. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman, iqtisodiyotda oʻz mavqeyini mustahkamlash uchun kurash.
-
Qishloq joylarda raqobat qila oladigan korxonalarni tashkil etishning barcha murakkabliklarini bartaraf etish va respublika qishloq aholisini ish bilan taʼminlash kerak. Raqobat boʻlmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib boʻlmaydi. Gazetadan
RAQOBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҚОБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raqobat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar