raqib
bilan ulashing
1. Dushman, agʻyor, yov.
-
Siyosiy raqiblar.
-
Otabek qoʻllarini boʻshatuvchi qoʻrboshining bunchalik titrab-qaltirashidan oʻz raqiblaridan bittasi shu kishi boʻlganini oʻyladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Vaqt oʻtishi bilan raqib tomonlar kelishib olishi mumkin boʻlgan pozitsiyalar boy berilmoqda. Gazetadan
2. Biror narsa, kimsa uchun talashuvchilar, kurashuvchilar, raqobat qiluvchilar (bir-biriga nisbatan).
-
Soʻrsangiz holim, azizlar, siynasi afgorman, Qorabotirdir raqibim, Zuhra qizga yorman. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Mirvali shu paytgacha raqib deb taxmin qilib yurgan hamqishloqlarining taʼzirini berishni diliga tugib qoʻydi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Qahhor shartta toʻxtab, butun gavdasi bilan raqibiga yuzlandi. — Aytar gapingni ayta qol shu yerda, yuramiz-mi endi uzun-qisqa boʻlib?! — dedi Toshtemir. Yoshlik
3. Sport oʻyinlari, tortishuv, munozara va shu kabilarda qarama-qarshi tomonlar (bir-biriga nisbatan).
-
Rustam, toʻrning narigi tomonidan turib, toʻpga sakrayotgan raqibini koʻrdi-yu, qisilgan prujinadek osmonga sapchidi, shunday zarb bilan urdiki, toʻp raqibining boshiga tegib, chekkaga uchib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Raqib deganning kiroyi aytishga soʻzi, mushtla-shishga mushti boʻlsa. H. Gʻulom, Mashʼal
RAQIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҚИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raqib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar