rapida
bilan ulashing
1. Tandirga non yopish uchun ishlatiladigan, matodan tikilgan, toʻgarak shakldagi qalin qoʻlqop.
-
[Mehrixon] Rapidadagi nonning yuziga suv sepib, savatga tashladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. koʻchma Dumaloq, doirasimon, rapidaga oʻxshash.
-
Bashirjonning rapida yuzlari, xum kallasi qip-qizarib, lablari koʻkarib ketdi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Yaxshiboyev Yongulinning qiyofasini esladi: rapida yuz, baroqqosh bir kimsa M. M. Doʻst, Lolazor
-
Uning rapida singari yum-yumaloq, qip-qizil yuzida, alang-jalang koʻzlarida allaqanday taraddud bor edi. O. Yoqubov, Ulugʻbek xazinasi
RAPIDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАПИДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan RAPIDA so‘ziga berilgan ma’nolar
rapida so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
rapida so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing