ranj
bilan ulashing
1. Koʻngilga yetgan ozor, alam.
-
Olamda har narsa esdan chiqishi, har qanday ranj, kulfat koʻngildan koʻtarilishi mumkin, lekin uch yarim yashar boʻlib oʻlgan farzand dogʻi yoʻq. A. Qahhor, Qabrdan tovush
2. eskirgan Mehnat, mashaqqat.
-
Ibodullo maxsum shuncha joydan ranj chekib kelibdi-ya, deb takror oʻyladi Elomonov. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
-
Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqitdi ranj ila, Anglamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Alisher Navoiy
ranj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻnglini ranj qilmoq
(Birovdan) ranj topmoq (yoki chekmoq)
-
Mard ataymiz kimki tursa ahd-u paymon ustida, Cheksa ham ranj, uzmagay mehrin qadrdon ustida. Habibiy
RANJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАНЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ranj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar