ulg‘ay
bilan ulashing
1. Balogʻatga, voyaga yetmoq, katta boʻlmoq.
-
Kampir koʻz oldiga ulgʻaygan, kuchga toʻlgan nevarasini keltirdi-yu, iyib ketdi. Gazetadan
-
Men unga Beshikdagi bola ulgʻayganda kim boʻlib chiqishini ayta olasanmi desam, Qaydam, tarbiyaga bogʻliq, dedi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Rivojlanmoq, avjlanmoq.
-
Gʻoʻza unib ulgʻaygan sari, paxtakorning ruhidagi shodlik, koʻnglidagi quvonchni koʻrsangiz! N. Safarov, Xadicha Ahrorova
3. Kuchaymoq, zoʻraymoq, ortmoq.
-
Otabekning yuzidagi oʻychanlikka razm qoʻygan sayin, Oftob oyimning haligi shubhasi ulgʻaya bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xotin, gap ulgʻaymasin dedimi, qoʻliga ilingan tovoq-qoshiqlarni oldi-yu, tashqariga chiqib ketdi. Gazetadan
ULG‘AY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛҒАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulg‘ay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar