umid
bilan ulashing
1. Biror istakning amalga oshishiga boʻlgan ishonch; ishonch bilan kutish; eʼtiqod.
-
Sizdan umidimiz katta. Sendan umidim shumi?
-
Taassufki, otamning Azizbekdan boʻlgan umidi boʻshga ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu kambagʻalchilik yorugʻ dunyodan boʻlgan umidimizni emas, yorugʻ dunyodan boʻlgan umidimiz bu kambagʻalchilikni yeb, kemirib tashlayotipti. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
2. Biror narsa qilishga, biror narsaga erishishga boʻlgan ichki intilish, ichki hissiyot; istak, orzu, niyat.
-
Hayotni bilish va undan oʻzining loyiq oʻrnini topishga intilish — har bir kishining umidi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oʻzganiki boʻlsa ham, oʻgʻil qilib olaylik, degan umidda bola qidirib yuribmiz. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qizga ota-onasi katta umid bilan Subh deb nom qoʻygan ekanlar. Mirmuhsin, Al Mahdiy
3. Umid bogʻlamoq Orzu qilgan narsaning amalga oshishiga, bunda birovning koʻmagiga umid bilan qaramoq.
-
— Kim agar gʻalabaga umid bogʻlasa, albatta, gʻolib keladi, — dedi Joʻraxon. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bogʻlagan edim P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Umid (erkaklar ismi).
umid soʻzi qatnashgan jumlalar:
Umid qilmoq
-
Yurtda adolatli davlat koʻrmoq orzusida boʻlgan Navoiy Husayn Boyqarodan koʻp narsa umid qilar edi. Oybek, Navoiy;
-
Qudratli qanotingiz ostida birim ikki boʻlishini umid qilib keldim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
UMID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УМИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
umid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar