ramz
bilan ulashing
1. Biror gʻoya, tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi, eslatuvchi shartli belgi, ishora.
-
Doʻstlik ramzi. Kabutar — tinchlik ramzi.
-
Ona oʻlkam mening ramzi sadoqat, Durlar shodasida durdona goʻyo. E. Vohidov, Muhabbat
-
Sanʼatkor Bernora, moviy koʻl farzandi, sadoqat ramzi — Oqqushga aylanib, ravon suzib chiqadi sahnaga. Saodat
-
Yodgorliklar muqaddas nodir meros sifatida Vatanga sadoqat ramzi boʻlib, avloddan avlodga oʻtib boradi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Biz, ozod Oʻzbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari — Davlat gerbi, Davlat madhiyasi azizdir. Gazetadan
2. Qochiriq yoki ishora bilan aytilgan gap; imo-ishora, shama.
-
Ramz bilan gapirmoq.
-
Latifa, askiya, ramz-u kinoya Oʻtar ulfatlar ichra benihoya. Habibiy
-
Saidiy, garchi keyinchalik Yoqubjonning ramziga tushungan boʻlsa ham, bu gapni haqoratga qarshi haqorat tarzida aytdi. A. Qahhor, Sarob
-
Hasrat toʻla soʻzingdan ozor topar nigorim, Ramzi ishora birlan qilgin uni ifoda. E. Vohidov, Yoshlik devoni
3. Ramz (erkaklar ismi).
RAMZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАМЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ramz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar