ramka
bilan ulashing
1. Portret, rasm va shu kabilar solinadigan, karton, metall va boshqalar materialdan qilinadigan, aso-san, toʻrt burchakli hoshiya.
-
Jimgina xona billur qandildan yogʻilayotgan nurga toʻlgan, devorlardagi keksa artistlarning suratlari solingan ramkalar oynasi yaraqlab turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Buguncha asliga oʻxshasa surat, Zarrin ramkalarga quvnab solgaysiz, Yuz rangda tovlanib kelganda shuhrat, Suvratin chizolmay shoshib qolgaysiz. A. Oripov, Yillar armoni
2. Matn yoki rasm atrofiga chizilgan toʻgʻri toʻrtburchak qora hoshiya (motam, aza bilan bogʻliq).
-
Marhumning suratini yoki nomini ramkada bermoq.
3. koʻchma Ish-harakat, faoliyat, voqea-hodisa kabilar doirasi; chek, chegara.
-
Ramkaga solmoq. Ramkadan chiqarmoq.
-
Furqat yubileyi oʻzining salmogʻi, mohiyat eʼtibori bilan adabiyot hodisalari ramkasidan tash-qariga chiqib ketadi, keng maʼnodagi madaniyatimiz, maʼnaviy hayotimiz taraqqiyoti masalasiga aylanib ketadi. OʻTA
RAMKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАМКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ramka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar