ramazon
bilan ulashing
1. Qamariya yil hisobida 30 kundan iborat toʻqqizinchi oyning arabcha nomi (shariatga koʻra, bu oy davomida musulmonlar roʻza tutadilar).
-
Ramazonning oxirgi haftasi qolib, katta hayitning bahor oylariga toʻgʻri kelgani hammaga sevinch bagʻishlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Beklarning mashvaratida Samarqand yurishini ramazon oyida boshlashga, tayyorgarlik ishlarining asosiy qismini Oʻshning oʻzidayoq bitirib ketishga qaror qilindi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Tez orada ramazon oyi boshlanib, hammalari roʻza tutishga kirishdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Shu oyda bolalar va gadoylar eshikma-eshik yurib aytadigan qoʻshiq.
-
Ramazon aytmoq.
3. Ramazon (erkaklar ismi).
ramazon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ramazon hayiti
-
Ramazon hayitini bayram sifatida nishonlaymiz. Gazetadan
RAMAZON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАМАЗОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan RAMAZON so‘ziga berilgan ma’nolar
ramazon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
ramazon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing