raʼno
bilan ulashing
1. Atirgullilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik va uning qizil yoki sariq xushboʻy guli.
-
Rayhonlar, raʼnolar, oq, pushti gullar — ona tabiatning qizaloqlari. Yoshlik
-
Chuchmoma, raʼno, binafsha — koʻzni bogʻlovchi farang. Gʻ. Gʻulom, Sheʼrlar
2. koʻchma Goʻzal, barno ayol haqida.
-
Chamanga baxsh etdi beqiyos kamol Bir raʼno ishqida kuyib-yonishi. M. Ikrom
-
— Meniki mubolagʻa emas, — dedi Anvar, — masalan, sen hozir gullar yonidasan, ham chindan-da gullarning raʼnosisan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Sen sozi muhabbatsan, gulshanda guli raʼno. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
3. Raʼno (xotin-qizlar ismi).
RAʼNO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАЪНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raʼno so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar