rasm
bilan ulashing
Qoʻlda chizilgan, bosma yoki fotografik tasvir, surat.
-
Rasmlar bilan bezatilgan kitob. Rasm darsi. Rasm olmoq. Rasm solmoq.
-
[Qoʻziboyning]
-
Ishlagan rasmlaridan bitta-yarimtasi goho devoriy gazeta redkollegiyasiga maʼqul tushib qoladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Oʻsmani uzib qoʻydim, Soʻlisa qoʻyaman deb, Rasmingizni soʻradim, Sogʻinsam koʻraman deb. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida; urf, udum, taomil.
-
Mehmon oldiga dasturxon yozish ota-bobolarimizdan qolgan rasm.
-
Ularning rasmi shunaqami, ishqilib, avval obdan gʻazal aytishdi, keyin ichkari kirishdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yurakka eng yaqin kishisini yoʻqlash — azal odamzod rasmi. Sharq yulduzi
rasm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rasm boʻlmoq
-
Ehtimol, payshanba kuni osh damlash oʻshandan keyin rasm boʻlgandir? K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
-
Hozirgi kunga kelib, jamiyat bosib oʻtgan yoʻlni oshkora tadqiq-tahlil va tanqid qilish rasm boʻldi. Yoshlik
-
Sanjar tarbiya topgan oilada odamlarni navlarga ajratib muomala qilish rasm boʻlganligi sezilib turibdi. Yoshlik
-
Uning [Dildorning] egnida oʻsha paytlarda rasm boʻlgan pushti krepdeshin koʻylak, oyogʻida baland poshnali tufli. S. Ahmad, Ufq
Rasm qilmoq
-
— Boʻsh vaqtlarda shunday fizkulturachilar kiyimida maydonda toʻp oʻynashni boshqalarga ham rasm qilasan! — dedi Oʻktam. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Zulxumor shu vaqt yigitlarga qalpoqni rasm qildi. Ravshan
Rasmi kushod
-
Yangi hovlining rasmi kushodi da ishtirok qilgan Mirvali bangi xoʻtikdek chilimni koʻtarib keladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
biz bu oqshomni Muhammadjon bogʻida, uning rasmi kushodida oʻtkazdik. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
RASM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАСМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rasm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar