sariq
bilan ulashing
1. Somon, zarchuva, tilla kabi narsalar tusidagi rang.
-
Sariq ipak. Och sariq rang. Toʻq sariq.
-
Daraxtlardagi sariq barglar toʻkilib tugalgan, yer yuzi oʻzining qishki sariq kiyimini kiygan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Malla rang, malla (soch, tuk, teri haqida)
-
Sariq soch.
-
Rustam uning uzun moʻylovi, koʻkish koʻzlarini qoplab olguday quyuq, sariq qoshlarini koʻrdi-yu, yuragi shuvullab, oʻzini orqaga tashladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. ot Tuxumning oqsil moddasi oʻrtasidagi qismi.
-
Tuxumning oqini oqlab ye, sarigʻini — saqlab. Maqol
-
Tuxum pachaqlangan edi. Uning sarigʻi oqqa aralashib, chakkamdan sizib, yuzimga oqmoqda edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
4. ot s.t. Jigardagi jiddiy salbiy oʻzgarishlar tufayli teri, koʻz oqining sargʻayishidan iborat ogʻir va yuqumli kasallik nomi; gepatit.
-
Sariq kasalligi.
sariq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sariq irq
Sariq kartochka
-
Materassi hakam tarafidan sariq kartochka bilan jazolandi. Gazetadan
Sariq matbuot
-
Ikkinchi jiddiy qusur shuki, koʻpchilik qalamkashlar bugun sariq matbuot sahifalarida eʼlon qilinayotgan oʻrtamiyona mashqlarni sheʼr, hikoya, deya ulardan andoza olib, ijod qilmoqdalar. Gazetadan
-
Shuning uchun ham koʻcha-koʻyda sariq matbuotning voqea izidan quvuvchi hikoyalariga odamlar oʻrganib boryapti. Gazetadan
Sariq palak
Sariq suv
Sariq sumalak
-
— Qishdan qitday bor: hut-yut, sariq, sumalak, ayamajiz qatorlashib turibdi, — kulumsiradi Raʼno. Oybek, Ulugʻ yoʻl
Sariq chaqa
-
Mana, xotinim yotib qoldi, yostiqdan boshini uzishga darmoni yoʻq. Kissamda sariq chaqa yoʻqki, bechoraning ogʻziga yoqar ovqat bersam. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Ommani ergashtira olmagan rahbarning qadri — sariq, chaqa. I. Rahim, Ixlos
Sariq chaqalik (yoki chaqaga arzimaydigan)
-
— Soʻzni tangaday jaranglatib soʻzlashga ustasiz. Ammo hozirgi soʻzingiz puchak, sariq chaqaga arzimaydi, — dedi Mirhaydar. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila nomi.
-
Sariqlarning Shimoliy Xitoyda qolgan guruhlari shu yerda yashovchi uygʻurlar bilan qoʻshilib, ular ichida sariq uygʻur etnik guruhini tashkil etgan. OʻzME
SARIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sariq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar