sari
bilan ulashing
1. bosh va joʻnalish kelishiklari bilan Koʻm.
2. 1 Maʼlum tomonga, tomon qarab.
-
Insof sari baraka. Maqol
-
Axir, baliq ham suvga intiladi, koʻkat yorugʻlik sari boʻy choʻzadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
[Avaz] Qarasa, beixtiyor Tabibiyning uyi sari yoʻl solibdi. S. Siyoyev, Avaz
3. -gan affiksli sifatdosh bilan Ayn. sayin 1.
-
Quyoshli bahor ertasi juda ham yoqimliki, yurgan sari, yurging keladi. A. Muxtor, Opa-singillar
sari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir sari
-
Begona boʻlsa ham bir sari edi, gaplashishi osonroq boʻlardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Borgan sari
-
Lekin koʻchada qatnov, qiy-chuv borgan sari kuchaymoqda. Oybek, Tanlangan asarlar
Insof sari baraka
sheva Eng yaxshi, sara.
-
[Goʻroʻgʻli] Gʻirkoʻkka qamchi berib, ajdahoga koʻndalang boʻlib, sari yoy bilan otib, qilich bilan chopib tashlab, katta Mastonni bir oʻlimdan ayirib yuborgan joyi bor edi. Xushkeldi
sheva Sariq, sariq rangli.
-
Yilqi bozori, toy bozori, Qurt bilan sari moy bozori. Ravshan
a — choʻziq Hind ayollarining yubka shaklida belga bir necha bor oʻralib, bir uchi roʻmol qilib boshga tashlab qoʻyiladigan kiyimi.
-
U sarini yechib, uy kiyimlarini kiydi, yuvinib, ayvon chetiga oʻtirdi. Oybek, Nur qidirib
SARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SARI so‘ziga berilgan ma’nolar
sari so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar