meros
bilan ulashing
1. Marhumdan vorislarga qolgan mulk.
-
Otadan qolgan meros.
-
Xotinimga tegadigan merosdan mani quruq qilishga urinishadi ular. Lekin boʻsh kelmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
2. huquq Mol-mulk, huquq va majburiyatlar egasi vafot etishi bilan ularning boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtishi.
3. Oʻtganlardan qolgan, oʻtgan narsa, odat va shu kabilar
-
Hujayramning har boʻlagida Ajdodlardan meros qonim bor. A. Muxtor
-
Hamma qizlar erga tegish oldida bir-bir yigʻlab oladi-ku, Bibi Fotimadan qolgan meros-ku. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Ajdodlardan avlodlarga qolgan ilmiy, adabiy, madaniy boylik.
-
bobolarimiz qoldirib ketgan meros va yodgorliklar bilan yaqindan tanish boʻlmay turib, kelajagimizni bila olmaymiz. N. Safarov, Olovli izlar
MEROS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕРОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
meros so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar