to‘shak
bilan ulashing
1. Jun, paxta singari yumshoq narsa solib tikib tayyorlangan, yotish, oʻtirish uchun toʻshaladigan buyum, anjom.
-
Par toʻshak. Jun toʻshak. Duxoba jildli toʻshak. Oʻz uyim —oʻlan toʻshagim. Matal
-
Dilshod tokcha yonidagi toʻshakka oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Toʻy uchun yangi koʻrpalar qoplamoqchi boʻladilar, par toʻshaklar olmoqchi boʻladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yotish uchun solingan oʻrin; ost va ustga tashlanadigan (solinadigan) narsa.
-
Chala yechinib, yupqa toʻshakka kirdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Top uyni toʻldirgan ahil, tinch uy-qu ogʻushidan hammalari bir zumda, goʻyo toʻshakni olov qamraganday sakrab turdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Zuhra begim olti yildan beri toʻshakda yolgʻiz yotadi. Uning gulday umri bevalikda soʻlib boryapti. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. sheva Koʻrpacha, poyandoz.
to‘shak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻlim toʻshagi
-
Odatda, oʻlim toʻshagidagi bemor yotgan xonada shunaqa jimlik boʻladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
U [Saʼdi Maxsim] oʻlim toʻshagida yotganida ham hazilini qoʻymagan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
TO‘SHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎШАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘shak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar