to‘g‘rila
bilan ulashing
1. Toʻgʻri shaklga yoki holga keltirmoq, toʻgʻri, adil, tik qilmoq.
-
Simni toʻgʻrilamoq. Daryo oʻzanini toʻgʻrilamoq. Egilgan oʻqni toʻgʻrilamoq. Egri bitganni el toʻgʻrilaydi. Maqol
-
— Dardingizga davo men-da! — u qaddini toʻgʻrilab yana jilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Xato, nuqson va shu kabilarni yoʻqotmoq, tuzatmoq.
-
Imlo xatolarini toʻgʻrilamoq. Talaffuzni toʻgʻrilamoq. Soatni toʻgʻrilamoq.
-
Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xatosini toʻgʻrilash uchun soʻzlamoqqa majbur boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tegishli vaziyatga keltirmoq, tartibga solmoq, tuzatmoq.
-
Yoqangni toʻgʻrilab ol.
-
Anvar qizning yuzidan oʻpdi va uning toʻzgʻigan sochlarini toʻgʻrilab, hayotbaxsh kokillarning muattar boʻyini uzoq hidladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. Biror tomonga qaratmoq, roʻpara qilmoq; yoʻnaltirmoq.
-
Projektorlarni samolyotga toʻgʻrilamoq.
-
Chol u yoq-bu yoq surib oʻrtadagi xodani xayol qilingan ip yoʻliga toʻgʻrilab qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gulnor umrimga egov boʻldi. Yana u Mirzakarimboy xonadoniga boshlik boʻlib kekkaysin, hech kim bilan soʻzlashmasin, tugʻsin, boylikning nishabini oʻz tomoniga toʻgʻrilasin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U xayol surarkan, kimningdir koʻli yelkasiga qoʻyilganini sezib, darhol orqasiga burildi va yuzini yuziga toʻgʻrilab turgan Lolani koʻrdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Birov yoshga tegadi, birov boshqaga. Xudo yulduzingni oʻshanga toʻgʻrilagan ekan, choramiz yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
5. so‘zlashuv tili Epini, ilojini qilib bitirmoq, yuzaga keltirmoq, muhayyo qilmoq; eplashtirmoq.
-
Mushkul ishni toʻgʻrilamoq.
-
Bu haqda tashvish qilmang, oʻzimiz toʻgʻrilaymiz.
-
Ho-zir sekretarning oldiga tushgin, u hammasini toʻgʻrilab beradi. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi
-
Nainki, amirzoda, bu ishni ustod Qavomning bir ogʻiz soʻzi bilan ham toʻgʻrilamoq mumkin Mirmuhsin, Meʼmor
to‘g‘rila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kavushini toʻgʻrilab qoʻymoq
-
Kavushini toʻgʻrilab qoʻyish kerak, kuralishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi bu. A. Muxtor, Tugʻilish
TO‘G‘RILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҒРИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘g‘rila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar