to‘sha
bilan ulashing
1. Toʻshama solmoq, bosmoq, yotqizmoq, toʻshama bilan qoplamoq.
-
Koʻchaga tosh toʻshamoq. Botqoq yoʻlga shox toʻshamoq.
-
Adyolga gazeta toʻshab, mastava ichishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ochil bilan Madumar yertoʻla kavlashni buyurishdi, yerga xashak toʻshashdi. A. Muxtor, Chinor
2. Solmoq, yozmoq (oʻrin, palos va shu kabilarni).
-
Umri xola qizi bilan menga oʻrin toʻshab berdi. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
-
Bozorov magazin roʻparasiga, ariq boʻyidagi suriga qizil gilam, ikkita koʻrpacha toʻshab, toʻrtta par yostiq tashlab qoʻyibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Oydinda u [juvon] oʻziga supa oʻrtasiga oʻrin toʻshayotganini koʻrib turibman. S. Ahmad, Taʼzim
3. koʻchma Biror narsani shunday toʻshamalarga nisbatlab ifodalaydi.
-
Qor boʻroni yer yuziga bir yarim qarich oppoq qor toʻshab oʻz ishini tugatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nishab boʻlib borgan va oxiri osmon bilan tutashgan Navoiy koʻchasiga kun botishdagi imoratlar uzun soya toʻshab turardi P. Qodirov, Uch ildiz
-
Shu koʻzlar yulduzday abadiy kulsin, Bahor yoʻllaringga toʻshasin chechak. Zulfiya
TO‘SHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘sha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar