Izoh.uz saytida u so‘zining izohi va ma’nolari

u

ol

1. (joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarida — unga, unda, undan)

2. ksh. olm. 3-shaxs birlik Soʻzlovchi va tinglovchidan boshqa shaxsni, nutq jarayonida qatnashmayotgan shaxs (oʻzga)ni bildiradi.

  1. U mendan bir yosh katta. Undan yoshar oʻrnak olishadi.

  2. U ketgandan keyin, Sidiqjon shu yerning oʻzida choʻkka tushdi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari

  3. Mana, boshqarma boʻlimida uni [Iskandarovni] rosa qizartirishdi. S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi

  4. Uning ovozi oʻziga juda uzoqdan eshitilayotganga oʻxshardi. S. Ahmad, Yulduz

3. koʻrs. olm. Soʻzlovchidan naridagi yoki uzoqdagi kimsa, narsani koʻrsatish uchun qoʻllanadi.

  1. Bu kitobni emas, u kitobni bering. U yigitni taniysanmi? Daryoning u yogʻi.

  2. U yerda nima koʻp — past-balandlik. Shuhrat, Oltin zanglamas

  3. Men boʻlsam uning yoʻlini allaqachon topib qoʻyganman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

u soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshini (yoki oʻzini) u yoqqa urmoq, bu yoqqa urmoq

Biror narsa harakatida oʻzini ming alfozga solmoq, astoydil urinmoq.
  1. [Mirzakarimboy :] Boshni u yoqqa urdim, bu yoqqa urdim, axir bir evini topdim, jiyan. Oybek, Tanlangan asarlar

Yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilmoq

Masalani koʻndalang hal qilmoq, ishni bir yoqlik qilmoq, ajrim qilmoq.

U dunyo

  1. Taqdirga shukur qil, nomusli kambagʻal boʻl. U dunyoda foydasini bilasan. Oybek, Tanlangan asarlar

U dunyo-bu dunyo, u dunyo-yu bu dunyo

U yoqda tursin

  1. Ochilish u yoqda tursin, ochiq xotinlarning yuzini ham koʻrmayman, deb ont ichganman. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

U yovda qolib

Yoddan koʻtarilib, esdan chiqib, unutilib.
  1. Kanizak koʻzi jiqqa yoshga toʻldi-yu, uzr u yoqda qolib, hasratga tushib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

U yogʻini surishtirsang

Anigʻini bilmoqchi boʻlsang, ochigʻini aytganda, aslida.
  1. U yogʻini surishtirsang, qishloqda hammaning roʻzgʻori tang. Oybek, Tanlangan asarlar

Uni quy, buni qoʻy

s. t. Boshqa gaplarni qoʻyatur
  1. Uni qoʻy, buni qoʻy, qachon biznikiga kelasan?


U so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

У so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
5761
So‘zning teskari yozilishi
u
Harflar soni
1
Ko‘rishlar soni
103

u so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

u so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, u so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 855 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+