iroda
bilan ulashing
1. Maqsadni yuzaga chiqarish uchun kishida boʻlgan matonat va qatʼiyat.
-
Kuchli iroda. Temir iroda. Irodasi yoʻq odam,
-
Ular qurollari sinsa — qoʻllari bilan, qoʻllari sinsa — tishlari bilan, tishlari sinsa — irodalari bilan qazish qasdida kelgan suv tashnalari edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[Turgʻunboyning] Koʻnglini qandaydir shubha va norozilik tatalab turgan boʻlsa ham, biron qarshi fikr aytishga irodasi yetmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Ixtiyor, xohish.
-
Oʻz irodasiga qarshi ish qilmoq.
-
Huquqiy davlatda ozchilik, agar mard boʻlsa, koʻpchilikning irodasiga itoat qiladi. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
3. Iroda (xotin-qizlar ismi).
IRODA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИРОДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iroda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar