to‘sh
bilan ulashing
1. Gavdaning boʻyin bilan qorin oʻrtasidagi old qismi; koʻkrak.
-
Toʻshni toʻshga qoʻymoq.
-
[Zebo] Oynaga qarab, oʻzini tuzatdi. Durrachasi bilan toʻshiga yopishgan koʻylagini sal koʻtarib yelpidi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bolam, deb bosayin toʻshima, Kelgin, bolam, chaqqon qoshima. Rustamxon
-
Ayting, nima qilay?? Qizingizni toʻshiga tortgan nomard meni masxaralamaydimi? S. Ahmad, Hukm
2. Mol va qushlarning koʻkrak qismi, koʻkragi.
-
Dala-tuzni suv olsa, qoʻngʻir gʻozning toʻshidan. Maqol
-
Tagidagi qoʻngʻir ot qishloq koʻchasidan toʻshiga tuproq sachratib yoʻrtib boryapti. M. Mansurov, Yombi
3. Hayvon va parrandalarning koʻkrak oldi goʻshti, qovurgʻalardan qolgan qismi.
-
Norinbop toʻsh. Tuzlangan qoʻy toʻshi.
-
Afandi gʻozning toʻshini olib aytdi: — Men xizmatdagi qulman shu ham boʻladi. Latifalar
-
Laganda samarqandcha mayiz palov boʻlib, osh ustiga toʻsh va qazi qoʻyilgan. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
4. koʻchma Biror narsaning koʻkrakka oʻxshash, koʻkrakka nisbatlanuvchi, koʻkrakli yeri; siyna, bagʻir.
-
Ona tuproq toʻshiga inson qoʻli bilan ilk chigit donalari qadaldi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Seni oʻrab olgan togʻlar toʻshiga Toʻlin oy yoymoqda kumush kokilin. Zulfiya
5. sheva Tengqur; doʻst, oʻrtoq.
-
Yetimda ne qilar teng bilan toʻshlar. Ravshan
-
Topib oʻynagil, ey bola, Oʻzingning teng-u toʻshingni. Tohir va Zuhra
to‘sh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻsh urmoq (yoki bermoq)
-
Dilovar-xoʻja toʻsh berib yotgan yeridan irgʻib turdi. Shuhrat, Oltin zanglamas
-
Toʻlqinga toʻsh urib qaldirgʻoch, Suv ustida etadi parvoz. E. Rahim
-
Bulutga toʻsh urgan yuksak togʻlar ham Buyuklikni sendan olar, onajon. M. Umarov
TO‘SH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘sh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar