to‘g‘ri
bilan ulashing
1. Egri emas, qingʻir yeri yoʻq; tik, adil.
-
Toʻgʻri chiziq. Toʻgʻri sim. Toʻgʻri yogʻoch.
-
(Kumushning] Toʻgʻri qomatiga yerdan bichib olingan mudhish xotinning qoʻllari zoʻrgʻa yetdi-da, esonmisiz, omonmisiz, poshsha-qiz, deb soʻrashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ehtiyot yuzasidan [Yoʻlchi\ toʻgʻri yoʻlni qoʻyib, aylanma yoʻllar bilan namozgar vaqtida Shoqosimnikiga [Gulnorni] boshlab keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirzakarimboyning yeri oxirida baland, toʻgʻri oʻsgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jim-gina titraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Xatodan xoli, yanglishi, notoʻgʻri yeri yoʻq; bexato.
-
Toʻgʻri javob. Toʻgʻri fikr. Toʻgʻri maslahat. Masalani yechishning toʻgʻri yoʻli. Asliga toʻgʻri nusxa. Bilmagandan bilgan yaxshi, Toʻgʻri ishni qilgan yaxshi. Maqol
-
— Bir narsaga oldindan hukm etish toʻgʻri emas, Abdishukur, — salmoqlab dedi Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bunday joylarda hamma vaqt ham koʻz bilan toʻgʻri chamalab boʻlmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Haqiqatdan iborat; chin, rost, haq.
-
Toʻgʻri hukm. Toʻgʻri til tosh yorar, Egri til bosh yorar. Maqol
-
Toʻgʻri soʻzning toʻqmogʻi bor. Maqol
-
Boshingga qilich kelsa ham, toʻgʻri soʻzla! Maqol
-
Toʻgʻri gapim tugʻganimga yoqmaydi, deganlari bejiz emas ekan-da. N. Safarov, Sohib changal
4. Belgili talab, qoida va shu kabilarga javob beradigan; mos keladigan; qoidali.
-
Ketmonni toʻgʻri ushla. Egri koʻchada yursang ham, toʻgʻri yur. Maqol
-
Men toʻgʻri oʻqiy olmasam, tunov kundagidek kulasiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
5. Quvlik-shumlik, qingʻirlik va shu kabilarni bilmaydigan; odob, axloq doirasidan chiqmaydigan, unga zid ish tutmaydigan; ha-lol, vijdonli, insofli.
-
Toʻgʻri odam. Toʻgʻri ayol. Toʻgʻri kishi tili egridan or qiladi. Maqol
-
Dili toʻgʻrining — tili toʻgʻri. Maqol
-
Egri ozar, toʻgʻri toʻzar. Maqol
-
Surishtirsang, hamma boy bir tekisda insof-siz. Toʻgʻri odam boy boʻlmaydi shekilli, man oʻzim shu fikrdaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bizning koʻzimizga sovuq koʻringan qipchoqvachcha Normuhammadning el uchun qilib turgan toʻgʻri xizmatini men oʻz umrimdagi Toshkent beklari orasida birinchi martaba koʻraman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ogʻayni, bizga toʻgʻri toshingizni qoʻysangiz boʻlar edi. N. Safarov, Hayot maktabi
6. Toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan, boʻladigan; bevosita, vositasiz.
-
Toʻgʻri saylovlar. Toʻgʻri soliqlar.
7. ravish (urgʻu birinchi boʻgʻinda) Toʻgʻridan-toʻgʻri, toʻppa-toʻgʻri, boshqasiga, boshqa tomonga chalgʻimay.
-
Mehmonlar toʻgʻri biznikiga tushdi. Toʻgʻri raisning oʻziga uchrashdim.
-
Nasiyaga boʻlsa ham goʻshtning lahim joylaridan yegan yaxshi boʻlar ekan-u, keyin haqini toʻlashni bilmay garang boʻlib, koʻchadan toʻgʻri oʻtolmay yurgan yomon ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Bu kishi hidlab oʻtirmaydi, toʻgʻri yeydi-qoʻyadi, — dedi va qoyil qilganiga ishonib, hammadan balandroq qahqaha urdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
8. krsh. s. Durust, haqiqatan ham, darhaqiqat.
-
Toʻgʻri, jon shirin, har kim oʻz jonini ayaydi, lekin odamning yuragida boshqalarga mehr boʻlishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
9. (egalik, oʻrin-payt va chiqish kelishiklari shakllarida — toʻgʻrida, toʻgʻrisida, toʻgʻrisidan) Oidlik, tegishlilik, sabab, makon kabi maʼnolarni bildiradi; haqida, yuzasidan, sababli, jihatdan.
-
Bu toʻgʻrida rahbarlar bilan maslahatlashmoq. Pul toʻgʻrisidan bir oz qiynalib qolibdi. Ertaga boʻladigan majlisdagi masalalar toʻgʻrisida kelishib oldik.
-
Fazliddin bu kecha xursand edi. Har toʻgʻrida soʻzlar, kular edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sizni sirtdan tanirdim, siz toʻgʻringizda koʻp eshitganman. K. Yashin, Hamza
-
Toʻlagan binokorlik toʻgʻrisida bir gapga tushib ketsa, uni toʻxtatish xiyla qiyin ekanini bilgani uchun Boʻtaboy ham qoʻyib berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
to‘g‘ri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻgʻri boʻlmoq
-
Yoʻl toʻgʻri boʻldi;
-
Toʻgʻri boʻlsa bu gaplar, Turmay qanot qoqayin. Butun vujudim bilan Bir sel kabi oqayin! Gʻayratiy
-
Bu toʻgʻrida raisimizni tanqid qilish bir tomondan toʻgʻri boʻlsa, ikkinchi tomondan toʻgʻri emas. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Toʻgʻri boʻlsang, oʻsib borib, gul boʻla-san, Egri boʻlsang, oʻsib borib, kul boʻlasan. Maqol
-
Sen toʻgʻri boʻlganingda, bu taʼnalar nima edi menga! N. Safarov, Hayot maktabi
-
Bir mahal Soli sovuq, ikki bukilib, mingboshiga toʻgʻri boʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Toʻgʻri kelmoq
-
— Bu gap haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Aqlga toʻgʻri kelmaydigan ish. Uydagi gap bozorga toʻgʻri kelmaydi. Maqol
-
Qabul boʻlmagan duo uchun meni gunohkor sanaysizlarmi? Bu durust emas, bu shariatga toʻgʻri kelmaydi. S. Ayniy, Qullar
-
Palto bir nomer katta, menga toʻgʻri kelmaydi. Etik oyogʻimga toʻgʻri keldi;
-
Hamroyev kechki ovqatdan keyin birpas choʻzilmoqchi boʻlgan edi, toʻgʻri kelmadi: narigi uy toʻpolon — bolalar bir-birini yostiq bilan urib oʻynayotibdi. A. Qahhor, Ayb kimda
-
— Oʻgʻlim, — deb qichqirdi kulib dadasi, — kimniki oldi? — Tohir gupchakning jiyroni. Ot bolasi unga toʻgʻri kelmas ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻgʻri kelgan kishi bilan salomlashmoq.
-
Ikki tomondan teshishga-ku teshamiz, toʻgʻri kelmay qolsa nima boʻladi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ishqilib, Abdulla pochchamning ziyofatiga toʻgʻri kelmasin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Otabek] Saroydan ancha uzoqlashgan edi, qarshidan keluvchi Rahmatni koʻrdi va chor-nochor soʻrashmoqqa toʻgʻri keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Toʻgʻri qilmoq
-
Daryo oʻzanini toʻgʻri qildik;
-
Oʻqishga kirib toʻgʻri qilding;
-
Chatoq ishlarni menga toʻgʻri qilavering.
-
Hali ham siz quruq qolmaysiz, umidim borki, sizni Vobkent qoziligiga toʻgʻri qilsam. S. Ayniy, Qullar
TO‘G‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҒРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘g‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar