to‘g‘on
bilan ulashing
1. Suvni toʻsish, boʻgʻish, suv oqimini boshqarish uchun xizmat qiladigan, odatda, kattaroq oqimga ega boʻlgan ariq, daryo va soylarga quriladigan gidrotexnik qurilma, inshoot.
-
Tuproq toʻgʻon. Bosh toʻgʻon. Toʻgʻon qurmoq (solmoq).
-
Vahobjon bahor toshqinida suv olib ketib, haligacha tuzatilmagan kanal toʻgʻonini tuzattirishga bir haftadan beri ovora edi. S. Ahmad, Togʻ afsonasi
-
Dneprday azim daryo oldida bu nima degan gap, qahraton qishda, oʻq yomgʻiri ostida suv kechganlar nahotki shu kichik soyga toʻgʻon sololmasa? S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. koʻchma kam qoʻll. Toʻsiq, gʻov, toʻgʻonoq.
-
Toʻgʻon boʻlmoq. Toʻgʻri tayoq — baloga toʻgʻon. Maqol
-
Aʼzamning hamon xotinidan koʻngli toʻlmas edi. Unga baxtimning toʻgʻoni deb qarardi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Bizlar endi ilgarigi sen aytgan goʻl, — Choʻp-u xasdan hadik olib qolaturgan Batrak emas, boʻlolmaysan bizga toʻgʻon. Gʻ, Gʻulom
3. Toʻgʻon (erkaklar ismi).
TO‘G‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘g‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar