to‘g‘onoq
bilan ulashing
1. Aravaga ortilgan yukni mahkamlovchi arqonning uchiga bogʻlanadigan katta yogʻoch ilgak.
-
Bu oʻtinkashlarning koʻpchiliklarida uchiga toʻgʻonoq bogʻlangan bir arqon va bir oʻroqdan boshqa asboblari yoʻq edi. S. Ayniy, Qullar
2. koʻchma Biror ishga, harakatga toʻsiq, gʻov boʻlib, toʻsqinlik qilib turgan kimsa, narsa.
-
Toʻgʻonoq boʻlmoq. Toʻgʻonoq solmoq.
-
Men akusherka boʻlib bordim-u, lekin bu ishni bajarishga ruhoniylar toʻgʻonoq boʻlishdi. M. Alaviya, Sevinchlarim
-
— Oʻzingni ham brigadirlikka koʻtargan Qodirov edi-ku! Endi sen minnatdor boʻlish oʻrniga oyogʻimga toʻgʻonoq solmoqdasan, — dedi Qodirov. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
TO‘G‘ONOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҒОНОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘g‘onoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar