yetakchi
bilan ulashing
1. Yoʻl yurish, yoʻnalishda boshqarib, etaklab boruvchi, boshqaruvchi.
-
Har bir poda va galaning yetakchi boshligʻi — serkasi boʻladi. Fan va turmush
-
Gala boshidagi yetakchi oʻrdak allaqanday ovoz bilan churullab, oʻz yetagidagilarni ogohlantirib boradi. R. Bekniyoz, Havo yoʻli
-
Uzoqlarda turnalarning qurqurashi eshitilardi, turnalar boshida yetakchisi uchib borardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. koʻchma Yoʻlboshchi, rahbar.
-
[Gʻafur aka:] Koʻpchilikka yetakchi, katta-kichikka baravar, qandini yesin! N. Maqsudiy, Umidli bola
-
Nazira Yoʻldosheva yirik xoʻjalikning jonkuyar yetakchisi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. koʻchma Asosiy, bosh.
-
Sanoatning yetakchi tarmoqlari. Teatrning yetakchi artisti.
-
Bularni yozib olish, qiyosiy oʻrganish folklorshunoslikning yetakchi vazifalaridan hisoblanadi. Gazetadan
yetakchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yetakchi feʼl
YETAKCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТАКЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetakchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar