yet
bilan ulashing
1. Yurib, yoʻnalib, maʼlum bir yerga, joyga, manzilga borib olmoq.
-
Haydar ota Koʻtarmaga xuftondan keyin yetdi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Eshik oldiga yetganida, negadir oʻzining ham oʻsha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Quvib, tenglashib olmoq.
-
Oshiqmagan quyonga yetibdi. Maqol
-
Qistasa ham, yetolmaydi bedovlar. Malikayi ayyor
3. Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi biror joyga bormoq (ovoza, gap, xat-xabar va shu kabilar haqida).
-
Bu xabar bizgacha yetib keldi. Bu gap uning qulogʻiga yetmasin.
-
Hay deganda, haqqa yetgay nolishim. Malikayi ayyor
4. Boʻy, hajm, miqdor, daraja jihatidan boshqasiga teng boʻlmoq, tenglashmoq, barobar kelmoq.
-
Devor oʻlguday baland-da, boʻyi yetmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Borakallo, goʻsht toʻgʻrashda senga yetadigani yoʻq K. Yashin, Hamza
5. Taʼmin etadigan, kifoya qiladigan miqdorda boʻlmoq.
-
Joy hammaga yetadi. Oz boʻlsa yetar, koʻp boʻlsa ketar. Maqol
-
Qandoq qilay, oʻrtoqjon, boshqa ishlarni yigʻish-tiray desam, oylik yetmaydi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Saroydan tushadigan hadyalarni bir oy toʻplaganda, toʻrt qadoq etga yetmaydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
6. Muvaffaq, muyassar boʻlmoq; erishmoq.
-
Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga, yomon bilan yurdim — qoldim uyatga. Maqol
-
Qani endi, dunyoda vafo boʻlsa, har kim tilagiga yetsa. A. Qahhor, Shohi soʻzana
7. Kifoya qilmoq.
-
Onang bechoraga otangdan ikkita sagʻir bilan qolib, koʻrgan kunlari ham yetadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qoʻy endi, oʻzimning qiynalayotganim ham yetadi. N. Safarov, Sharqtongi
8. Maʼlum bir yoshgacha yashab bormoq, umr koʻrmoq.
-
Otam saksonga yetdi.
-
Oltmish toʻrt yoshga yetdim, oʻgʻlim-qizim boʻlmadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. Kelmoq; boshlanmoq.
-
Vaqti yetdi. Kuni yetdi.
-
Kunlar oʻtdi, vaʼdaning muddati yetdi. U. Ismoilov, Saylanma
10. Talab, meʼyor darajasida boʻlmoq.
-
Qilichning ishlovi yetgan, Teggan omon qolmasin deb, Zaharning suvini yalatgan. Malikayi ayyor
11. koʻm. fl. vzf. Yetakchi feʼldagi harakatning oxirigacha, tugal bajarilishi maʼnosini bildiradi.
-
Yoʻq, hali anglab yetganingizcha yoʻq. N. Safarov, Uygʻonish
-
Ota-onasiga oʻz soʻzini oʻtkazishga Saidiy ishonib yetmadi. A. Qahhor, Sarob
yet soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqli yetmoq
Boshiga yetmoq
Boshi koʻkka (yoki osmonga) yetmoq
Boʻyi(ga) yetmoq
Koʻzi yetmoq
Nima yetsin
-
Ehe, kitob oʻqishga nima yetsin. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ogʻzi qulogʻiga yetdi
Pichoq suyakka yetdi
Tagiga yetmoq
Qoʻli yetmoq
YET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar