yetakla
bilan ulashing
1. Qoʻlidan ushlab, koʻmaklashib olib yurmoq.
-
Vali aka oʻgʻlini yetaklab, tashqariga olib chiqib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Qoʻying, buvi, xafa boʻlmang, — dedi Gʻulomjon onasini ichkariga yetaklab. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Oʻziga ergashtirib (yurmoq), oʻzi bilan birga olmoq (toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
Margʻilondan Toshkentga oʻz shogirdi Oxunjon qiziqni yetaklab, Yusufjon aka ham keldi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Tabiat oʻzining mangu, buzilmas qonuniga amal qilib, koʻklamni yetaklab kelgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Yetovga olmoq.
-
Otni yetaklamoq. Tuyani yetaklamoq.
-
Matpano molxonadan hoʻkizlarni yetaklab chiqdi. S. Siyoyev, Avaz
4. koʻchma Rahnamolik qilmoq, yoʻllamoq.
-
Gʻalabalar sari yetaklamoq.
-
Postanovkachi rejissyorning yosh sanʼatkorlarni katta sanʼat maydoniga dadillik bilan yetaklashi tahsinga sazovordir. M. Yahyoyev, Haq yengadi
YETAKLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТАКЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetakla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar