qochoq
bilan ulashing
1. (odatda koʻplik shaklida — qochoqlar) Biror falokat, sabab tufayli oʻz joyi, vatanini tashlab qochib, oʻzga joy, yurtda kezuvchi, boʻluvchi shaxs(lar).
-
Afgʻonistonga qaytib kelayotgan qochoqlarga yordam berayotgani toʻgʻrisida har kuni xabarlar kelmoqda. Gazetadan
2. Burchini ado etishdan oʻzini chetga olgan, boʻyin tovlagan, qochgan (shaxs).
-
Qochoqqa sadoqat yoʻq, qoʻrqoqqa — hurmat. Maqol
-
Endi koʻrasan mendan! Qochoq! Sotqin! A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv
3. aynan Qochqin 1.
-
Qochoqlarni quvib borayotib: Mayli, qochib borar ekan oxiri holdan toyadilar-ku! deyar ekan Ergashev. N. Safarov, Olovli izlar
4. kam qo‘llanadigan, aynan Qochqoq 2, 3.
-
— Ha, qochoq! — dedi \Elmurod\ uning qoʻlini qisib va eshikka qarab qoʻyib dedi: — Qayligʻing qani? P. Tursun, Oʻqituvchi
QOCHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QOCHOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qochoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qochoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar