shaddod
bilan ulashing
1. Oʻz xohishi, hukmini oʻtkazadigan; shafqat-siz, zolim.
-
Bolalar baxtining yulduzlariga Zaharlar sochmoqchi qaysi jallodlar? Dunyoning ravshanlik — kunduzlariga Zulmat quymoqchimi bebosh shaddodlar? M. Shayxzoda
-
Ibrohim aka, gapingiz toʻgʻri-ku, lekin Isfandiyor toʻrani shaddod deyishadi. J. Sharipov, Xorazm
2. Oʻz fikrini oʻtkazishga tirishadigan; oʻjar, choʻrtkesar; oʻz fikrini qatʼiylik bilan, dadil aytadigan, tortinmas (asosan ayollar haqida).
-
Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda Asrora zvenoga boshliq boʻldi. S. Ahmad, Ufq
-
Maynaning uddaburonligi [Ivan Vasilichni] hayratda qoldirdi: Shaddod qiz. Olamga tatiydi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
SHADDOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАДДОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaddod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar