shaffof
bilan ulashing
1. Yorugʻlik yoki nurni yaxshi oʻtkazadigan; tiniq.
-
Shaffof suv. Shaffof shisha. Shaffof may. Shaffof qogʻoz.
-
Shishaning eng ajoyib xususiyati —
-
bu uning shaffofligidir. Fan va turmush
-
Qalin oʻrmon ichidan yorib oʻtgan bir tutam nur oq qayinni, goʻyo ichidan yoritganday, shaffof qilib koʻrsatar edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. Nihoyatda musaffo, toza, tiniq.
-
Osmon gumbazi artilgan shishadek shaffof. Saratonning saxiy quyoshi gulshan diyor uzra oltin sepini yoygan. H. Tojiboyev, Jasur qiz qishlogʻida
-
Unutib boʻlarmi, aytingiz-chi oʻzi, Sut bilan emganing shaffof havoni? J. Jabborov
3. koʻchma Gard-gʻubor, ifloslikdan xoli; pok, toza.
-
Mehri opaning koʻzidan tirqirab yosh, koʻksidan sut keldi. Uni tongday shaffof, pok onaning qalbi boshlab keldi. R. Fayziy, Shohi darparda
SHAFFOF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАФФОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaffof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar