chiroy
bilan ulashing
1. Goʻzallik; husn, koʻrk.
-
Muhabbat chiroy tanlamas, uyqu — oʻrin. Maqol
-
Acpop, qirqqa borgan boʻlsa-da, chiroyini, tarovatini yoʻqotmagan bu ayolning kipriklari uzun koʻzlariga qarashga botinmay, yerga boqqancha, “ha, koʻrdim“, dedi. Yoshlik
2. Koʻzga yoqadigan koʻrinish, koʻrkamlik, koʻrk, qiyofa.
-
Shahar chiroyi.
-
Bino tayyor boʻlgandan keyin unga chiroy berish, nafislik bilan ichiyu tashiga koʻrk bagʻishlash — sanat. Saodat
-
Chol koʻzida oʻzgarar har on Qishlogʻining chiroyi, tusi. H. Olimjon
chiroy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chiroyi ochilmoq
-
Muhsina xonimning chiroyi ochildi: erini bunday jahldoru choʻrtkesar holda koʻrish unga yoqardi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Oqsoqolning chiroyi ochilib, Barakalla, oqil yigit ekansan, deganday miyigʻida kulumsirabdi. M. Mansurov, Yombi
CHIROY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiroy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar