chiroq
bilan ulashing
1. Xonani, joyni yoritish uchun xizmat qiladigan uy-roʻzgʻor asbobi; lampa.
-
Jin chiroq. Neon chiroq. Osma chiroq Bashirjon elektr chiroqlari porlab turgan katta yoʻldan yurishga istihola qilibmi oʻzini qorongʻilik qoʻyniga urdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Uning [oʻtovning] ichi issiq, lampa chiroq charogʻon qilib turardi. Gazetadan
2. Mashina, televizor, radio va shu kabilarning yonib turuvchi qismi. Mashina motori gurullab, chiroqlari asfalt yoʻl, restoran devorlarini piypaslab oʻtdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
3. koʻchma Farzand yoki yaqin odam.
-
Chiroqqinam, shunday yomon tush koʻrdim. Yusuf va Ahmad
-
Oʻgʻil tugul, yoʻqdir-da biror qizim, Chambilda chiroqsiz oʻtganman oʻzim. Nurali
chiroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi
-
Dildorning ichi chiroq yoqsa yorishmas, hamma narsaga befarq edi. Saodat
Chirogʻini yoqmoq
-
Oʻgʻil yoqqan chiroqni qiz ham yoqar. Maqol
-
— Mendan keyin chirogʻimni yoqadigan shu nabiram, — dedi kampir. Yoshlik
CHIROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar