chiroyli
bilan ulashing
1. sifatdosh Husni odatdagidan ortiq; goʻzal; koʻrkam.
-
Chiroyli qiz.
-
Cholning kelini chiroyli, oppoq, koʻzga yaqin juvon edi. Yoshlik
-
Shaharda shunday chiroyli qizlar bor — koʻrsang, ogʻzing ochiladi. Yoshlik
2. sifatdosh Koʻrinishi, tashqi qiyofasi koʻzga yoqimli koʻrinadigan.
-
Eng chiroyli qush deganda, hammaning koʻz oʻngiga oqqush kelishi tabiiy. Gazetadan
-
Bilasizmi, dunyoda chiroyli narsalar shunday koʻpki! Oʻrmon, kapalak, tong, oʻtloq, tun A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
3. sifatdosh Manzarasi koʻzga yoqimli; koʻrkam.
-
Fargʻonadan yoʻlga chiqqan yengil mashina chiroyli asfalt yoʻlda uchib borardi. Mirmuhsin, Umid
-
— Markaz chiroyli boʻlib ketdi-a, odam suyunadi, — dedi Charos mamnun jilmayib. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. sifatdosh Yaxshi; oʻrinli; manzur.
-
Chiroyli gap. Chiroyli toʻy.
-
Chiroyli maʼruzaga mahliyo boʻlib, ruhiyatimda sustkashlik boshlandi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Ming afsuski, hozir toʻylarda oʻyin-kulgi, chiroyli anʼanalar sanʼatini namoyish qilish emas, isrofgarchiliklar meʼyoridan oshib ketadi. Mirmuhsin, Umid
-
Har bir ota-ona orziqib koʻrgan farzandiga chiroyli va mazmundor ism qoʻyishga harakat qiladi. Gazetadan
5. ravish Yoqimli, jozibali, batartib; oʻrniga qoʻyib.
-
Chiroyli gapirmoq. Chiroyli qadam tashlamoq. Chiroyli kiyinmoq.
-
— Voy, shunaqami? — Oftob oʻspiringa qarab, chiroyli jilmaydi. M. Mansurov, Yombi
-
Biror ishni puxta va chiroyli qilgan odamni tangri doʻst tutadi. Fan va turmush
CHIROYLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРОЙЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiroyli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar