chirqilla
bilan ulashing
1. Chirq-chirq ovoz chiqarmoq.
-
Gʻor oldidan oʻtib ketayotsam, bir gala chumchuq chirqillab yotipti. A. Koʻchimov, Halqa
-
Tik jarga in qurib, chirqillashib yotgan ming xil qushlarning uni oʻchib, oʻzi gurra koʻtarildi. M. Mansurov, Yombi
2. Qattiq qichqirib, chinqirib yigʻlamoq (yosh bola haqida).
-
— Mana senga tepish! — Karim qoʻlidagi dumaloqlangan qorni kuchining boricha otdi. Saida yuzini changallaganicha chirqillab qoldi. Yoshlik
3. koʻchma Zorlanib, iltijo qilib yoki kuyinib gapirmoq.
-
— Yaxshi koʻrasan deb, atay manti qilayotgan edim. Bir oz shoshma, yeb ket, — deb chirqillaganicha qoldi ona. M. Alaviya, Sevinchlarim
-
Oradan ozgina vaqt oʻtgach Joʻravoyning oʻzi va unga hamdardlikda chirqillab, odamlarni yordamga chaqirayotgan bir xotin qoldi, xolos. Yoshlik
4. koʻchma Moddiy muhtoj, och holatda boʻlmoq; qaram boʻlmoq.
-
Uyimda sakkizta bola chirqillab turipti, qanday boqaman ularni? X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
chirqilla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arvohi (yoki ruhi) chirqillamoq
-
Tushiga rahmatli Binoqul kiribdi: qoʻllarini fotihaga ochib turgan emish. Arvohi chirqillab yuribdimikan? deya ezildi Hofiz Koʻykiy. Yoshlik
-
Shoʻrlik Adolatimning ruhi chirqillab yotgandir mening bu ishimdan?! O. Muxtor, Egilgan bosh
CHIRQILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРҚИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chirqilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar