shira
bilan ulashing
1. Hoʻl meva va poliz ekinlari hosili pishib yetilishi bilan ular tarkibida hosil boʻladigan shirin suyuqlik; sharbat.
-
Uzumning shirasi. Qovun shirasi.
-
U [qozi domla] bir necha lahzada kosani tushirib, yupqa poʻstloq ichidan shirasi tomib ketguday boʻlib turgan shaftoliga qoʻl urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qovun pishdi, anor qizardi senga atab qoʻygan uzumlarim xalta ichida shira bogʻlab yotibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Oʻsimliklar tanasida boʻladigan suyuqlik, namlik.
-
Ergash barg shirasi singib ketgan qadoq kaftiga boqdi. A. Muxtor, Chinor
3. Inson yoki hayvon organizmi hujayralarida boʻladigan suyuqlik.
-
Baʼzi bezlar oʻzidan shira chiqarib turadi.
-
Bular [baʼzi ovqatlar] oshqozon osti bezi shiralarining koʻp-kam chiqarilishiga yoki oshqozon va ichaklarning harakatiga taʼsir qiladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
4. so‘zlashuv tili Koʻknor poʻstini suvda ezib tayyorlangan, kayf beradigan ichimlik.
5. koʻchma Biror asar, gap, soʻz va shu kabilarga xos mazmun, maʼno.
-
Gapining shirasi yoʻq odam,
-
Bir xalq tilidagi asar ikkinchi xalq tiliga shu asarning butun fazilati, shirasi, jozibasi sakllanib tarjima qilingandagina maqsadga erishiladi. Gazetadan
6. koʻchma Ohangdorlik, jarangdorlik; yoqimlilik (ovoz haqida).
-
Ovozning shirasi qochgan, keksalik. A. Muxtor, Opa-singillar
shira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzini shira bosmoq
-
Yozning noz-u neʼmatlari gʻanimat, sendan darak yoʻq. Yo brigadir boʻlib, koʻzingni shira bosdimi? N. Yoqubov, Boʻsagʻada
Shira tortmoq (yoki bogʻlamoq)
-
Uzumlar shira bogʻlabdi\
-
Moshxoʻrda shira tortdi. Sumalak koʻp qaynab, shira bogʻlab qoldi;
-
— Hozir Sheroziyning ovozi ayni shira bogʻlagan payt, dongʻi Xorazmga tarqalgan, — dedi Sobir aka. J. Sharipov, Xorazm
1. Oʻsimlik shirasini soʻrib oziqlanadigan mayda tekinxoʻr hasharot; oʻsimlik biti.
-
Bu yil qovunga shira tushdi. Shiraga qarshi kurashda kimyoviy dorivorlardan foydalanish lozim.yash
-
Shira koʻp kasofat narsa: gʻoʻzaning yosh barglariga yopishdimi, uni bujmaytirib qoʻyadi, qancha-qancha hosili nobud boʻladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Oʻsimlik biti hayot faoliyati natijasida oʻsimlik barglarida hosil boʻladigan yopishqoq yaltiroq suyuqlik.
SHIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar