shirali
bilan ulashing
1. Tarkibida shirasi bor, shirasi koʻp; shirador.
-
Shirali uzum. Shirali ozuqa.
-
Polizlardagi shirali qovunlar kechki kuz sovugʻida yorilib ketib, meni yenglar, deb termilib turibdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Butazorning oʻrtasi yalanglik. U yerda juda shirali oʻtlar oʻsadi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Shira yuqli, shira teggan.
-
Shirali, yuvuqsiz qoʻllarini ikki tomonga yoyib, xushlamayroq, mehmonga yelkasini tutdi kelin. A. Muxtor, Kumush tola
3. koʻchma Mazmunli, maʼnodor; sermazmun.
-
Shirali gap.
4. koʻchma Xush yoqadigan, yoqimli; jarang-dor (ovoz, kuy va shu kabilar haqida).
-
— U [Elmurod] baʼzan oʻzi ruscha oʻqiganlarini gapirib berar, lekin bu, oʻqib berganday shirali va maʼnodor boʻlmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu qoʻshiq shunchalar yoqimli, shirali ediki, temirchi yigitning yuragida allaqanday bir hisni uygʻotib yubordi. S. Ahmad, Hukm
SHIRALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИРАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shirali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar