titroq
bilan ulashing
1. ot Sovuqdan, qoʻrquvdan, hayajondan yoki darmonsizlik, kasallik va shu kabilardan yuzaga keladigan gʻayrishuuriy harakat, qaltiroq.
-
[Sidiqjonning] Telegramma qogʻozini tutib turgan qoʻli titrardi. Bu titroq asta-sekin butun vujudini qamrab oldi. E. Usmonov, Koʻngil
-
Adolat surbet Bozorovni koʻrishi bilan gʻazabdan qaltiradi va titrogʻini bosish uchun paxta teraverdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. sifatdosh Titrab, qaltirab turadigan, titraydigan, titroqli; qaltiroq.
-
Titroq qoʻl. Titroq oyoq.
-
Muhammadjon uning titroq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat etolmay, qoʻlidan choʻpillatib oʻpdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Zamira uning titroq vujudi va haddan tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga pastroq engashdi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. sifatdosh Toʻlqinlanib yoki uzilib-uzilib chiqadigan (asosan ovoz, tovush haqida).
-
U, oppoq roʻmolchasi bilan koʻzlaridan dona-dona oqib tushayotgan yoshini artib, titroq ovoz bilan javob berdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
titroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Titroq bosmoq (yoki turmoq, kirmoq, yugurmoq)
-
Nahotki Ahmad tanbal qoʻlga tushgan boʻlsa? Unda sir ochiladi Yoqubbekni titroq bosdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Koʻying, dadasi, hadeb ich-ichingizni timdalayvermang. Har choʻt qoqqaningizda bir titroq turadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Oʻrmonjon Qoʻrqqan oldin musht koʻtarar degan xayolda vujudiga titroq kirib, sekin kursiga oʻtirar ekan A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mayna bir daqiqa koʻzini yumdi, gʻazabdan butun aʼzosiga titroq yugurdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
TITROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИТРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
titroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar