titra
bilan ulashing
1. Sovuqdan, qoʻrquvdan, hayajondan yoki darmonsizlikdan, kasallik va shu kabilardan qaltiramoq.
-
Hayot piq-piq yigʻlar, yelkalari dir-dir titrar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻzlarimiz toʻqnashdi-yu, uning lablari titrab, koʻzlaridan ikki tomchi yosh dumalab ketdi. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Shodligimdan oʻzimni yoʻqotayozdim, dagʻ-dagʻ titrayman. Gazetadan
2. Qimirlamoq, tebranmoq, silkinmoq, larzaga kelmoq.
-
Baland, toʻgʻri oʻsgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jimgina titraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ali tajangning sargʻish moʻylovi titrab ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Gʻulomjonning gurzisi asov tosh ustiga dahshat bilan urilganda, butun togʻ titrar, ungur ichi gumburlab ketar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Titroqqa oʻxshash boʻlinib-boʻlinib chiqmoq, ifodalanmoq (ovoz, tovush haqida).
-
Qattiq titragan deraza orqali uzoqda oʻt-boʻronlar koʻrinadi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
— Qalay endi, tuzukmisiz? — Shukur, rahmat, —uning ovozi titrab, gapining oxiri yaxshi eshitilmadi. S. Ahmad, Hukm
-
Uyning yaqindagina sirlangan, boʻyoq isi anqib turgan shifti ostida tor sadolari titrab ketdi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
4. koʻchma Titroqqa oʻxshash ifoda bermoq, harakatlanmoq.
-
Soʻzlar ekan, yuragi mashʼum bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TITRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИТРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
titra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar