ziyofat
bilan ulashing
1. Tantanali mehmondorchilik, banket.
-
Ziyofat oxirladi. Oqshom tushib, ziyofat yarimlaganda, hovliqib hudaychi kirdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Joʻralaringni chaqirib, ziyofat qilib ber, jili yalangʻoch boʻlib qolmassan [dedi brigadir] . S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Umuman, mehmondorchilik, mehmon qilish.
-
Hakimboyvachcha bir katta xitoy laganda uyilgan qirgʻovul, kaklik goʻshti qovurmasi bilan [ellikboshini] ziyofat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Taom, yemak; yeguliklar.
-
Shonazar ziyofat keltirdi. Hakimjon bilan Zevarxon shu vaqt-da xurjundan shaxmatni olib, ermak qilib oʻynab oʻtirishdi. Tohir va Zuhra
-
Shuncha yegan ziyofating bas endi. Joning boʻlsa, oʻzing qilgin amaling. Bahrom va Gulandom
ZIYOFAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИЁФАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZIYOFAT so‘ziga berilgan ma’nolar
ziyofat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ziyofat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing