ziyo
bilan ulashing
1. Yogʻdu, yorugʻlik, nur.
-
Qayerdandir otilgan mushakning koʻz qamashtiruvchi yorqin ziyosi tunni goʻyo kunduzga aylantirib yubordi. N. Safarov, Vodillik qahramon
-
Orombaxsh tong! Togʻ orqasidan koʻtarilayotgan quyoshning dastlabki zarrin ziyolari shiypon tepasidagi shoxlar, daraxtlarning uchlariga tushdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. koʻchma Bilim, maʼrifat, ilm; ongni yorituvchi har qanday narsa.
-
U [kitob] inson ongini peshlab, ziyo sari yoʻlini nurafshon qiluvchi mashʼal ekanligi azaldan maʼlum. Gazetadan
-
[Guli:] Gʻazal ermas, bu bir mehri giyodur, Munavvar aylagan dilni ziyodur. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Gap odamlarning nomida emas, albatta. Gap respublikada ziyo tarqatib kelayotgan muhtaram oʻqituvchilarimiz, ularning beminnat, lekin mashaqqatli mehnatidadir. N. Safarov, Olovli izlar
3. Ziyo (erkaklar ismi).
ZIYO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИЁ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ZIYO so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ZIYO so‘ziga berilgan ma’nolar
ziyo so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ziyo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar