tantana
bilan ulashing
1. Muhim voqea, hodisa va shu kabilar munosabati bilan oʻtkaziladigan, oʻyin-kulgi, xursandchilik ruhida davom etadigan yigʻin, marosim.
-
Bayram tantanalari. Yangi yil tantanalari.
-
Tantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni toʻldirgan va ulugʻvor taʼzim bilan oʻtirgan olomonga faxrlanib qaradi. Oybek, Navoiy
-
Qahramonning qishloqqa qaytib kelishi katta tantanaga aylandi. Nazar-mat, Joʻrlar baland sayraydi
-
May — bahor erkasi, gʻalaba ramzi, Shahar, qishloqlarda tantana, bayram. R. Bobojon
2. Biror maqsad, faoliyat yoʻlidagi gʻalaba, muvaffaqiyat va uning ifodasi.
-
Oybek inson aql-idrokining, adolat va baxt-saodatning tantanasi yoʻlida gʻoyat ulkan ijodiy jasorat koʻrsatdi. Gazetadan
-
Tinchlik uchun kurash, gumanistik gʻoyalar tantanasi uchun kurash ishiga yoshlar ham oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Gazetadan
-
Bu qarashda Zebi qandaydir zaharli tantanani sezib, uning maʼnosiga tushundi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
3. Toʻy, xursandchilik yigʻini, marosimi kabilarga oid xatti-harakat, shodiyona ishlar.
-
Qizidan xabar topib kelgan Yormat uni Shoqosimning kulbasidan tortib olib ketgach, boy hovlisida toʻy tantanalari bosh-landi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uyda gʻalati bir tantana hukm surardi. S. Zunnunova, Yangi direktor
4. Gʻolibona, koʻtarinki kayfiyat.
-
Hozir u mamnuniyat va tantana bilan kulumsirab, Mahkamning yaxshi voleybolchi ekanini aytdi P. Qodirov, Uch ildiz
-
Suyar oʻzining quvonchini tantana bilan eʼlon qildi: — Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada! A. Qahhor, Asarlar
tantana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tantana qilmoq
-
Mana men ham bugun maqsadimiz tantana qilishiga ishonganim uchun shaharga tushib chiqmoqchiman. H. Gʻulom, Mashʼal;
-
Togʻda ham, pastda ham — hamma yerda mehnat tantana qilardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Chindan ham poyonsiz choʻlda hayot tantana qilardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
TANTANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНТАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tantana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar