tanti
bilan ulashing
1. Oʻzgalarga yordam, sarf va xizmatini ayamaydigan, mard; koʻngli va qoʻli ochiq.
-
Boy va tanti kuyov xarajatlarning yirik va maydaligini surishtirmay, choʻntaklaridan dasta-dasta pul chiqarar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Bu tanti yigit oʻz oʻrtogʻi Nizomiddinning zindonda yotishiga aslo yoʻl qoʻymaydi, deb hisoblardi u. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Tanti, lekin bizga emas Ziyofatlarini yegan odamlar unga Tanti ot qoʻyishgan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Aldam-qaldam, gʻirromligi yoʻq, oʻzaro munosabat, bellashuv va shu kabilarda halol.
-
Azim tajang qimorboz edi, shuning uchun ham har bir qimorboz singari mard, tanti. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tanti boʻlib urushaylik, deb Arza beklarga koʻrsatdi. Gulixiromon
3. koʻchma Saxiy, halol.
-
Mana qator-qator karvon kelar Goʻzal Fargʻonaning tanti yeridan. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Oʻktam ham Oʻsarjonga qarab, salmoqlanib dedi: — Xullas kalom, mehnatni ayamanglar, ana unda bu joy xiyla tanti boʻladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
TANTI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar