tansiq
bilan ulashing
1. Kam qilinadigan yoki biror joyda kam boʻladigan, lekin sevib yeyiladigan.
-
Tansiq ovqat. Tansiq meva.
-
Qazi-qarta, kabob, palov, beshbarmoq, Qovun-tarvuz, meva, sarimoy, qaymoq, Tansiq hisoblangan har nimaki bor, Dasturxonimizda sizga intizor. Uygʻun
2. Umuman, kam topiladigan, kam boʻladigan, kam uchraydigan; noyob.
-
Adolat izvoshdagi tansiq mollar, zeb-ziynat buyumlarini koʻrib, shularning hammasi bir brigadaga tegishli ekaniga ishonmadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Juda iymansangiz, mana, bir quchoq gul, bera qolasiz, — dedi hazilsimon Komila. — Ana tansiq sovgʻa! Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
[Tantiboyvachcha] Jondor vagonchi kabi doʻstini gʻoyat quvontirgan ajoyib tansiq oʻtirish vaʼdasining bunday ishkal boʻlib chiqqanidan uyaldi. Oybek, Tanlangan asarlar
TANSIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНСИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tansiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar